Sport | 14:30 / 29.04.2016
4930
1 daqiqa o‘qiladi

«Shaxtyor»ga qarshi uchrashuvda «Sevilya» futbolchisining tizza qopqog‘i chiqib ketdi

Ispaniyaning «Sevilya» jamoasinin daniyalik yarimhimoyachisi Mikael Kron-Deli Yevropa ligasining 1/2 final «Shaxtyor»ga qarshi uchrashuvida (2:2) og‘ir jarohat oldi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

O‘yinning ikkinchi bo‘limi o‘rtalariga kelib «Shaxtyor» futbolchisi bilan to‘qnashib ketgan 32 yoshli daniyalik futbolchining tizza qopqog‘i joyidan siljib ketgan. Futbolchi shifokorlar va elektromobil yordamida maydondan olib chiqib ketilgan.

Tez orada Kron-Deli tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va shundan so‘ng uning yana qachon safga qaytishi ma'lum qilinadi.