Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Leningrad viloyatida avtobus bekatida granata portladi
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning Leningrad viloyatida avtobus bekatida granata portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana 4 kishi jarohat oldi, deb viloyat favqulodda xizmatlaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Leningrad viloyati Pasha aholi punktida noma'lum qurilmaning, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra granataning, avtobus bekatida portlashi oqibatida 5 kishi jabrlandi, ulardan biri halok bo‘ldi, 4 nafari shifoxonaga yetkazildi", deb aytdi manba.
Manbaning aytishicha, voqea joyida tezkor-tergov guruhi ishlamoqda. Voqea tafsilotlari o‘rnatilmoqda.
Mahalliy OAVlarning ma'lum qilishicha, dala hovlida turgan erkaklardan biri boshqa bir kishi bilan mojaroda jangovar granatani qo‘llagan. Ta'kidlanishicha, granata portlashi oqibatida erkak bilan ixtilofga borgan boshqa erkakning qo‘li uzilib ketgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 4 kishi bekatda spirtli ichimlik ichib o‘tirgan. Ular orasida mojaro chiqqan. Erkaklardan biri ketib, granata bilan qaytib kelgan. Boshqa erkak uning qo‘lidan granatani tortib olmoqchi bo‘lganda, portlash yuz bergan.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
11:28 / 22.05.2025
Bastrikin Mariupolni blokadada bo‘lgan Leningrad bilan taqqosladi
20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar
19:08 / 13.05.2025