Fan-texnika | 14:23 / 01.05.2016
15341
1 daqiqa o‘qiladi
«O‘zbektelekom» provayderlar uchun internet xizmatlari tariflarini tushirdi
«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi 27 apreldan e'tiboran O‘zbekiston provayderlari uchun tashqi kanal internet xizmatlari tariflari 1 Mbit/sekundga 112,91 dollargacha tushirilishini rasmiy veb sayti orqali e'lon qildi.
Joriy yilda tariflar oltinchi marta tushirilishi: 13 yanvardan — 1 Mbit/sekundga 156,24 dollar, 1 fevraldan — 141,94 dollar, 17 fevraldan — 136,34 dollar, 1 martdan — 133,62 dollar, 2 martdan — 115,26 dollar narx qo‘yildi; 27 apreldan tarif 112,91 dollar qilib belgilanadi.
2015 yilda internet xizmatlari narxi 17 marta tushirilgan edi. 29 yanvarda 259,29 dollar turgan xizmatlar narxi dekabrda 157,60 dollargacha tushirildi.
Mavzuga oid
08:55 / 03.11.2023
“O‘zbektelekom” AKda IPO joylashtirish doirasida biznes uchrashuv o‘tkazildi
17:32 / 28.03.2023
O‘zbekistonda 5G Apple smartfonlarida
21:39 / 10.03.2023
O‘zbekistonda 5G texnologiyasini joriy etish jarayoni boshlandi
08:09 / 08.02.2023