Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya «O‘zbektelekom»ga qariyb 150 mln dollar miqdorida moliyaviy ko‘mak beradi
Yaponiyaning Nikkei Shimbun gazetasida «Yaponiya banklari «O‘zbektelekom»ga moliyaviy ko‘mak beradi» sarlavhali maqola e’lon qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
«Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) va Mitsubishi UFJ banki «O‘zbektelekom»ga qariyb 19,3 milliard iyena (150 million AQSh dollari) miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatadi, - deb yozadi gazeta. - Mablag‘lar O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun yapon uskunalarini xarid qilishga yo‘naltiriladi. JBIC ikki davlat o‘rtasidagi hukumatlararo aloqalarni mustahkamlash va moliyalashtirish orqali Yaponiya mahsulotlari eksporti hajmini oshirishga ko‘maklashish niyatida».
Maqolada aytilishicha, ushbu loyihaning operatori Yaponiyaning «Toyota tsushyo» savdo kompaniyasi bo‘lib, u orqali Yaponiyaning axborot-kommunikatsiya kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilarining uskunalari O‘zbekistonga eksport qilinadi.
Qayd etilishicha, «O‘zbektelekom» O‘zbekistonda data-markaz yaratish va axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Yaponiya kompaniyalari uskunalar yetkazib berishdan tashqari texnik yordam ham ko‘rsatadi.
JBIC O‘zbekiston tomoniga umumiy moliyaviy resurslarning qariyb 60 foizini taqdim etadi. Mitsubishi UFJ banki tomonidan moliyalashtirilayotgan mablag‘larning bir qismi xavflarni kamaytirish uchun NEXI davlat eksport-kredit agentligi tomonidan sug‘urta qilinadi», deb yozgan Nikkei Shimbun.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025