TIVda Fransiya elchisi qabul qilindi
3 may kuni Tashqi ishlar vazirligida Fransiya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Jak-Anri Els bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlikning axborot xizmati xabar qiladi.
Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida munosabatlarni rivojlantirishning amaliy masalalariga asosiy e'tibor bergan holda turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik sarhisob qilindi.
Muloqot davomida O‘zbekiston-Fransiya hamkorligi institutlarining navbatdagi yig‘ilishlarini o‘tkazish muddatlari hamda O‘zbekiston hududidagi tadbirlarda, jumladan xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmalarda Fransiya kompaniyalarining ishtiroki yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid

07:31 / 04.08.2022
Tashqi ishlar vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi

08:43 / 30.06.2022
Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida yangi boshqarma tashkil etildi

12:37 / 21.06.2022
Xitoy elchisi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga tashrif buyurdi

12:43 / 04.05.2022