Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slavolyub Muslin Serbiya terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
Moskvaning "Lokomotiv" va Kubanning "Krasnodar" jamoalarida ishlagan mutaxassis Slavolyub Muslin futbol bo‘yicha Serbiya terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida tayinlandi. U bilan shartnoma 2018 yilgi jahon chempionati uchun saralash bosqichi oxirigacha tuzilgan. Bu haqda Serbiya Futbol Ittifoqi matbuot xizmati xabar bergan.
62 yoshli murabbiyga terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan. Saralash bosqichida serbiyaliklar D guruhida Uels, Avstriya, Irlandiya, Moldaviya va Gruziya terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.
Muslin o‘z vaqtida Rossiyadagi "Lokomotiv" (2006), "Ximki" (2007-2008), "Krasnodar" (2011-2013) va "Amkar" (2014) jamoalarida ishlagan.
Muslin ishlagan so‘nggi klub Belgiyaning "Standard" jamoasi bo‘lib turgandi, rahbariyat uni 2015 yilning avgustida 2 oylik faoliyatdan keyin qoniqarsiz natijalar tufayli iste'foga chiqargandi.
Mavzuga oid
14:23 / 23.05.2025
Kaya Kallas: Serbiya geosiyosiy tanlov qilishi kerak
20:35 / 07.05.2025
Moskvaga kelayotgan Serbiya prezidenti dronlar tufayli Bokuga qo‘nishga majbur bo‘ldi
01:17 / 07.05.2025
NATOning uch davlati Vuchich va Fitso samolyotlarining Moskvaga uchishini taqiqladi
16:03 / 17.04.2025