Qirg‘iziston markaziy banki aholiga 85 kilogramm oltin sotdi
Qirg‘izistonda o‘tgan 12 oy ichida umumiy og‘irligi 85,1 kg lik 2 mingta oltin yombilar sotildi, deb ma'lum qildi mamlakat markaziy banki raisi To‘lqinbek Abdiqulov.
1, 2, 5, 10, 31,1 (untsiya) va 100 grammlik tortilgan oltin yombilari 2015 yil may oyida birinchi marta Qirg‘izistonda ochiq savdoga chiqarilgan. Qirg‘iziston qonunchiligiga ko‘ra, ularning xaridorlari soliq to‘lamaydilar. Yombilar Milliy bank tomonidan qaytib sotib olish huquqi bilan sotilmoqda. Barcha yombilar Qirg‘izistonda olingan oltinlardan tayyorlangan va 999,9 oliy probaga ega.
Qirg‘iziston sotgan oltin yombilarning umumiy qiymati 228,9 mln qirg‘iz somini (3,3 mln dollarni) tashqil qilgan.
Abdiqulovning aytishicha, qirg‘izistonliklar orasida eng katta – 100 grammlik yombilarga talab katta bo‘lmoqda, ulardan 735 dona sotilgan. Ommaboplik bo‘yicha 2-o‘rinda 5 grammlik yombilar turibdi. Shu bilan birga Markaziy bank tomonidan ham aholidan 40 kg oltin yombilar sotib olingan.
Ushbu loyihaning jozibadorligini oshirish uchun Qirg‘iziston Markaziy banki uchta tijorat bankiga o‘lchov yombilari bilan operatsiyalar o‘tkazishga ruxsat berdi hamda ularni yombilarni sotishda qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod etdi.
"Oltin yombilar sotish – aholiga beqaror valyuta kursi va iqtisodiyotdagi vaziyat sharoitida investitsiya qilish uchun ishonchli vositani beradigan pul-kredit siyosatining vositalaridan biridir", deb aytdi Abdiqulov.
Qirg‘iziston Milliy banki yil oxirigacha sotilgan oltinlar miqdorini 150 kg gacha yetkazib qo‘ymoqchi.
Mavzuga oid
13:40 / 24.11.2024
Qirg‘izistonda elektron sigaretalar taqiqlanadi
13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:34 / 20.11.2024