Jahon | 23:19 / 12.05.2016
29889
1 daqiqa o‘qiladi

General harbiy jipning eshigi tutqichini yulib olib Putinning kulgisini qistatdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 12 may kuni Sochida Rossiya qurolli kuchlari uchun yangi harbiy texnika bilan tanishib chiqdi. Putin uchun ekskursiyani general Aleksandr Shevchenko o‘tkazdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

Putinga ustiga katta kalibrli pulemyotni o‘rnatish mumkin bo‘lgan UAZ harbiy jipi namoyish qilinayotganda prezident mashina eshigini ochmoqchi bo‘ldi, biroq uning tutqichi tishlashib qoldi. Putinga yordamga kelgan Shevchenko ham buning uddasidan chiqa olmadi va oxir-oqibat tutqichni yulib oldi.   

Putin bu vaziyatga hazilomuz munosabat bildirib, generalga "Shunqor" deb aytdi va kulib yubordi. 

Mashina ishlab chiqaruvchilari bu holatni  mashina o‘t oldirilmagani sabab eshigi blokda bo‘lgani bilan tushuntirishdi.

Mavzuga oid