Jamiyat | 09:17 / 31.05.2016
10707
1 daqiqa o‘qiladi

Aktrisa Nikol Kidman arab aviakompaniyasining antiqa reklama roligida suratga tushdi

Gollivud aktrisasi Nikol Kidman BAA milliy aviatashuvchisi Etihad Airways aviakompaniyasining reklama roligida suratga tushdi.

Etihad Airways aviakompaniyasi "360 gradus" formatidagi videorolikni taqdim qildi. Bu rolik tomoshabinlarga Airbus A380 samolyotida Nyu-Yorkdan Abu-Dabiga parvoz hissini to‘liq his qilishga imkon beradi. Reimagine deb nomlangan rolikda aktrisa biznes-sinfning qolgan ikki yo‘lovchisi bilan birga shinam parvozning barcha innovatsion imkoniyatlaridan huzurlanadi.

Reklamani suratga olish uchun virtual reallik effektini beruvchi eng yangi texnologiyalardan foydalanildi. Etihad Airways ijrochi direktori Piter Baumgartnerning aytishicha, rolik navbatdagi marotaba aviakompaniyaning aviasanoat sohasida marketing va kommunikatsiyalarda o‘zini jarangdor tarzda e'lon qila olgan innovator ekanligini yana bir isbotlaydi.