O‘zbekiston | 23:27 / 09.06.2016
42485
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi texnoparkda yirik yong‘in chiqdi

9 iyun kuni, kechki soat 22:00 dan so‘ng Yakkasaroy tumanida joylashgan texnoparkda yong‘in chiqdi. Taxminlarga ko‘ra, yong‘in texnoparkning bloklaridan birida sodir bo‘lgan.

- Toshkent aholisi yong‘in shu'lalarini poytaxtning turli chekkalaridan ko‘rishgan.
- Voqea yuzasidan rasmiy ma'lumotlar yo‘q.

- Internet foydalanuvchilaridan voqeaga guvoh bo‘lganlarning fikricha, ular gaz ballonlarining portlaganiga guvohi bo‘lishgan.

- Hodisa yuz bergan joyda istiqomat qiluvchi ayrim internet foydalanuvchilarning aytishicha, sakkiz marta portlash ovozi eshitilgan. Aksari foydalanuvchilar portlagan narsa gaz ballonlari ekanligini tasdiqlagan.

- Voqea joyiga o‘t o‘chirish xizmati xodimlari yetib borgan va taxminan 23:00 ga borib alanga to‘xtatilgan. Shu bilan birga tez yordam ham mashinalari ham hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan.

- FVV yong‘inning Yakkasaroy texnoparki hududida sodir bo‘lganini tasdiqladi. Jabrlanganlar va qurbonlar to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.

Yakkasaroy texnoparki 2013 yil dekabrida, sobiq Toshkent tekstil kombinati o‘rnida tashkil qilingan edi. Maydoni 65 gektar bo‘lgan hududda 250 ta kichik va o‘rta tadbirkorlik korxonalari faoliyat yuritmoqda.

 

Mavzuga oid