Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonning birinchi prezidenti Kahhor Mahkamov vafot etdi
Tojikistonning birinchi prezidenti Kahhor Mahkamov 8 iyunda 85 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Siyosatchi uzoq davom etgan kasallikdan keyin vafot etdi.
Mahkamov bilan vidolashish va dafn marosimi Dushanbeda 9 iyunda bo‘lib o‘tadi. U "Sari Osiyo" qabristoniga dafn etiladi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Kahhor Mahkamov – Sobiq ittifoq va tojik siyosiy va davlat arbobi, Tojikiston SSR vzirlar kengashi raisi, Tojikiston Kompartiyasi MQ birinchi kotibi, Tojikiston SSR Oliy kengashi raisi, Tojikistonning birinchi prezidenti.
Mahkamov 1990 yil 30 noyabrda umumxalq saylovida prezident etib saylangan. 1991 yil 31 avgustda o‘z lavozimidan ketgan. U iste'foga ketgach Tojikiston parlamentining umrbod a'zosi hisoblangan. Mahkamov, shuningdek, Tojikistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidagi vakili hamda bu ittifoqqa a'zo davlatlar kiruvchi iqtisodiy siyosat bo‘yicha komissiya raisi bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024