Jahon | 20:33 / 17.06.2016
13249
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev Qozog‘istonda ayol kishi prezident bo‘lishi ehtimoliga hazil bilan javob berdi

Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonda ayol kishining davlat rahbarligiga saylanish imkoniyati xususida berilgan savolga hazil bilan javob berib,  «prezident Putin barcha savollarga allaqachon javob berib bo‘ldi», degan. 

Shundan so‘ng, u «Nima uchun siz, Qozog‘istonda ayol kishi prezident bo‘la olmaydi, deb hisoblayapsiz? Albatta, mumkin», — deya aniqlik kiritgan. 

Qozog‘iston prezidenti, shuningdek, mamlakat parlamentining 30 foizi ayol deputatlar ekanini qayd etib, hukumat tarkibining ham shuncha foizi ayol vazirlardan iborat ekanini aytgan.