Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Shimoliy Koreya solayotgan xavf sababli raketalarga qarshi mudofaa tizimini rivojlantirishni davom ettiradi
Pentagon rahbari Eshton Karter jurnalistlarga Shimoliy Koreyaning oxirgi raketa sinovlari mintaqada ittifoqdoshlarni himoya qilish uchun raketalarga qarshi mudofaa tizimini rivojlantirishni davom ettirish zarurligidan darak berishini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Men sinovlar muvaffaqiyatli bo‘lganini bilmayman. Men Shimoliy koreyaliklar bundan nimani maqsad qilganlarini ham bilmayman. Istalgan vaziyatda, sinovlar muvaffaqiyatli bo‘lgan-bo‘lmaganidan qat'iy nazar, bu ishni davom ettirish zarur", deb aytdi Karter Kentukkida.
Uning aytishicha, raketalarga qarshi mudofaa tizimi Janubiy Koreya va AQShning Koreya yarimorolidagi qo‘shinlarini, Yaponiya va AQSh hududini himoya qilishi kerak.
Ta'kidlanishicha, Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan raketalar odatdagidan uzoqroqqa uchgan, bu esa bir qator muvaffaqiyatsizliklardan keyin qandaydir muvaffaqiyatga erishilganidan dalolat beradi.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Pxenyan 22 iyunda ikkita "Musudan" turidagi ballistik raketa uchirgan. Shimoliy Koreya televideniyesida raketa muvaffaqiyatli uchirilgani va u Hwasong-10 deb nomlanishi aytilgan.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
16:35 / 25.05.2025
AQSh hukumati Pentagondagi jurnalistlar faoliyatini chekladi
18:44 / 22.05.2025