Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London kimoshdi savdosida dunyodagi eng yirik olmos sotiladi
Zargarlik sifatiga ega, dunyodagi eng yirik qimmatbaho tosh - tennis kattaligidek olmos 29 iyunda Londondagi Sotheby's kimoshdi savdo uyida sotuvga qo‘yiladi, deb xabar qilmoqda Associated Press.
Lesedi la Rona («Bizning nur») nomli olmosning yoshi 3 mlrd yilga tengligi aytilmoqda. Uning vazni 1100 karat (220 gramm)dan biroz ko‘proqdir.
«Bundan avval, vazni va sifati bilan ayni olmosga o‘xshash qimmatbaho, nodir tosh ochiq kimoshdi savdosiga qo‘yilmagan edi», — deya hikoya qilgan Sotheby's savdo uyining zargarlik bo‘limi boshlig‘i Devid Bennet.
Uning so‘zlariga ko‘ra, olmos o‘ta shaffofligi va tiniqligi bilan ajralib turadi.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, mineral birikma 70 mln dollardan oshiqroqqa sotilishi mumkin.
Mazkur noyob tosh 2015 yil noyabr oyida Kanada tog‘-kon kompaniyasining Botsvanadagi konida topilgan edi.
Qayd etilishicha, 1905 yili Afrikada topilgan «Kullinan» nomli olmos, topilgan vaqtida 3100 karat bo‘lgan. Biroq, unda yoriqlar bo‘lgani sabab mineral tosh 9ga bo‘lingan edi. Ayni vaqtda ular, Britaniya qirollari taqinchoqlariga jilo berib turadi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025