Sport | 12:26 / 30.06.2016
26280
4 daqiqa o‘qiladi

Mayk Tayson 50 yoshda

Jahondagi professional bokschilardan biri amerikalik og‘ir vaznli afsonaviy bokschi Mayk Tayson bugun 50 yoshni qarshiladi. Tayson ismi anchadan beri boks olami ramziga aylangan. Boksni umuman tushunmaydigan, tomosha qilmaydigan insondan qaysi bokschini bilasiz, deb so‘rashsa, u ikkilanmay Mayk Tayson nomini tilga oladi.

Odamlar Taysonni barchasiga o‘z mehnati orqasidan erishgani uchun hurmat qilishadi. U otasiz o‘sdi, uydan chiqib ketganida xali yosh bola edi. Onasi unga doim ham e'tibor beravermasdi, shu bois Mayk yoshligidanoq barchasiga o‘zi erishishga intildi.

Yosh jinoyatchilarni o‘qitadigan maxsus maktabda ta'lim olib yurgan kezlarida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi sabab boks bilan yaqindan tanishdi. Maykdagi erta uyg‘ongan bokschilik iste'dodi uni murabbiy Kas d'Amato bilan tanishtirdi. Murabbiy undan mashhur bokschi paydo qildi.

U katta ringdagi birinchi uchrashuvini birinchi raundidayoq g‘alaba qozondi. Shu tariqa iste'doni tinimsiz oshirib bordi va 1986 yilda, ya'ni 21 yoshida superog‘ir vazn toifasida eng yosh jahon chempioni bo‘ldi. O‘shanda u Trevor Berbikni ikkinchi raunddayoq texnik mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Mayk Tayson jurnalist va fotomuxbirlar diqqat markazida. Iyul, 2012 yil.

Mayk Tayson Piter Makniliga qarshi jangda. Avgust, 1995 yil.

Kevin Makbraydga qarshi. Iyun 2005 yil. 

Brayn Nilsenning nokdaunga uchrashi. Oktyabr 2001 yil.

Piter Maknili bilan o‘tgan jangdan keyin, promouter Don King bilan birga. Avgust, 1995 yil.

Denni Uilyams bilan jang vaqtida. Iyul, 2004 yil.

Britaniyalik bokschi Denni Uilyams bilan kechgan jangning boshida Mayk Taysonning qo‘li baland kela boshladi. Ammo u to‘rtinchi raundda nokautga uchradi. Iyul, 2004 yil.

Mayk Tayson Beverli-Xillzda. Iyun, 2001 yil.



“Kabutarlar – mening bolalarim”, - degan edi Mayk Tayson. Aynan mana shu qushlarni boqish bokschining xobbisi bo‘lgan. Noyabr, 2005 yil.

Mayk Tayson uchinchi rafiqasi Lakiyey Spayser va qizi bilan. Noyabr, 2009 yil.

“Miluoki Bryuers” va “Pittsburg Payrets” jamoalari o‘rtasida kechadigan bahsni ochib berish. Aprel, 2014 yil.

Brisbendagi hayvonot bog‘iga tashrif. Noyabr, 2012 yil.

Mayk Tayson va Vitaliy Klichko Kiyevdagi uchrashuv vaqtida. Sentyabr, 2005 yil.

Mayk Tayson va aktyor Charli Shin “Juda qo‘rqinchli film 5” kartinasi premerasi oldidan. Aprel, 2013 yil.

Nevada shtatai sharafi bo‘lmish bokschilar zaliga tashrif. Avgust, 2013 yil.

Navbatdagi ishonchli g‘alabadan so‘ng. Oktyabr, 2001 yil.

Tayson karerasini 2005 yilda yakunladi. U so‘nggi o‘tkazgan to‘rtta jangdan uchtasida mag‘lub bo‘ldi. Keyinchalik o‘z kitobida yozishicha, u o‘sha paytlarda boksga bo‘lgan muhabbatini allaqachon yo‘qotgan bo‘lgan. Faqat pul uchun ringga ko‘tarilgan. Boksga bo‘lgan qiziqish o‘rnini, boshqa qiziqishlar egallagan. Endi u bir oilaning suyangan tog‘i, shuningdek, aktyor va promouter, turli shoularga tashrif buyuradi, o‘z hayoti haqida gapirib beradi. Xullas, katta hayot temir Maykni o‘z izmiga bo‘ysundirgan va bokschi bundan hech ham norozi emas.

Sarvar Anvar o‘g‘li tarjimasi