Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMW kompaniyasi Intel bilan hamkorlikda 2021 yilga borib o‘z-o‘zini boshqaruvchi avtomobillar ishlab chiqarishni boshlaydi
Germaniyaning BMW avtokonserni Amerikaning Intel mikroprotsessorlar ishlab chiqaruvchisi hamda Isroilning Mobileye kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘z-o‘zini boshqaruvchi avtomobillar ishlab chiqarish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Bu haqida The Wall Street Journal gazetasi ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, kompaniyalar 2021 yilga borib haydovchisiz harakatlanuvchi ilk avtomobillarini bozorga chiqarishni rejalashtirishmoqda. "BMW kompaniyasi Intel va Mobileye bilan birga to‘liq avtonom harakatlanuvchi mashina ishlab chiqarish uchun zarur qarorlar va innovatsion tizimlarni ishlab chiqadi", - deyiladi Germaniya konsernining ma'lumotida.
Intel mikroprotsessor va chip ishlab chiqarishga mo‘ljallangan dunyodagi eng ilg‘or kompaniyalardan biri bo‘lsa, Mobileye dasturiy ta'minot ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Bir necha kompaniyalar shu kabi loyihalarni amalga oshirishga kirishishgan, jumladan Tesla va Lyft. Lyft kompaniyasi General Motors bilan shartnoma tuzganligi ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
09:53 / 29.04.2025
Toshkentda BMW mototsikli ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
20:59 / 26.03.2025
Alibaba va BMW birgalikda Xitoydagi avtomobillar uchun sun’iy intellekt ishlab chiqadi
15:06 / 06.02.2025
Litva kompaniyasi sanksiyalarni chetlab o‘tib Rossiyaga BMW yetkazib bergan
13:31 / 23.12.2024