Light | 01:47 / 03.07.2016
29475
4 daqiqa o‘qiladi

Ehtimol, 30 yildan so‘ng biz mana shunday  ajoyib maskanlarda dam olarmiz

Ilm-fan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda har bir inson kelajakka nazar tashlab ko‘rgisi keladi. Barcha nazariya va qarashlar ko‘pincha bizning tasavvurimizdan-da yorqinroq bo‘lib chiqadi. 

Mana shunday g‘oyalardan ba'zilari bizni juda ham qiziqtirib qo‘ydi. Ehtimol, aynan shular kelajakda o‘z aksini topar.

Sayohatlar uchun mukammal avialayner

Erik Elmas shaffof ustunli ekologik toza va shovqinsiz dirijablni modellashtirdi, unda parvoz qila turib, cho‘milish va toblanish mumkin bo‘ladi. 

Suvdagi ekopolis

Suv sathining o‘sishiga doir muhim savolga Vensan Kalleboning Liliped suzuvchi eko-shahri javob bo‘ldi. Mukammal shahar 50 kishini o‘zida sig‘dira oladi, qayta tiklanadigan energiya manbalarida  (shamol, quyosh nuri va boshqa shunga o‘xshash manbalar) ishlaydi. 

Bu kemada barcha uchun ish o‘rinlari, savdo zonalari, dam olish maydonlari ko‘zlab qo‘yilgan. Bu tabiat bilan uyg‘unlikda yashashning eng yaxshi usullaridan biridir. 

Uchuvchi bog‘lar

Ko‘plab insonlar sog‘lom va musaffo sayyora haqida orzu qilishadi, bu shunga yaqqol misol bo‘la oladi. Havoda suzish va bog‘dorchilik - Vensan Kalleboning yana bir loyihasidagi kalit so‘zlar. Uning bo‘lg‘usi ixtirosi - «Gidrogenaza» - osmono‘par bino, dirijabl, bioreaktor va osma bog‘larning o‘ziga xos gibridi. 

Bumerang

Kemalar uchun o‘ziga xos mobil porti bo‘lib, ko‘plab ko‘ngilochar o‘yin-kulgilarga boy kurortlarning o‘rnini bosishi mumkin. Buni shaxsiy energiya manbaiga ega haqiqiy orol desa bo‘ladi.

Superyaxta

Dizayner Zaha Xadid bu yaxtani suvosti dunyosidan ilhomlanib yaratgan. Aynan shu qurilmada u o‘z ijodida qo‘llagan tuzilma va shakllarni ko‘ra olgan. Ekzoskeletni yodga soluvchi bu yaxta ichki tomondan ham, tashqi tomondan ham katta taassurot qoldiradi. 

Lyuks toifali kelajakning kruiz dirijabli

U bizda xuddi "Yulduzlar jangi" filmidan uchib kelgandek tasavvur uyg‘otadi, faqat yaxshi niyat bilan. Dizayner Mak Bayyersning maqsadi - sayohatlar uchun qulay transport yaratish.

Ichki tomondan hammasi juda futuristik ko‘rinishga ega. Keng hudud va yorqin ranglar diqqatga sazovordir. Ushbu loyiha dirijabllarga yangicha nazar tashlash imkonini beradi. 

Boshqariluvchi tropik orol

Londonning Yacht Island Design kompaniyasi tomonidan yaratilgan mo‘jiza. U o‘z sharsharasi, shaffof tubli hovuzi va hattoki kichik vulqoniga ega haqiqiy suzuvchi tropik oroldek tasavvur uyg‘otadi. 

Monako ko‘chalari

Yacht Island Design'ning yana bir loyihasi. Lyuks kema Monakoning bir necha mashhur obektlarini o‘zida jamlagan: "Otlel de pari" lyuks mehmonxonasi, "Monte-Karlo" kazinosi, "Kafe de pari" restorani va hatto Monakodagi Gran-pri trassalari yo‘nalishini takrorlovchi karting-trek.

Ulkan kema-shahar

Ulkan suzuvchi shaharga qanday qaraysiz? Qarshingizda hajmi bo‘yicha Nyu-Yorkdagi Markaziy Park bilan qiyoslash mumkin bo‘lgan «Atlantis II». U o‘z qamrovi bilan kishini hayratga soladi. 

Chuchuk suvlarni tozalash uchun yashil orolcha

Fazaliya — daryolarning tozalanishiga va barchani a'lo sifatli chuchuk suv bilan ta'minlashga mo‘ljallangan suzuvchi bog‘. Transport biofiltr bilan ta'minlangan.

Bundan tashqari bahavo mukammal yashil orolcha ajoyib dam olish maskani sifatida ham xizmat ko‘rsatishi mumkin.