Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada jazmanidan pul undirgan O‘zbekiston fuqarosi 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Moskva Preobrajyenskiy tuman sudi RF va O‘zbekiston fuqaroligiga ega 29 yoshli Tamilla Agamammadovaga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha hukm chiqardi. Ayol katta miqdordagi tovlamachilik jinoyati uchun ayblangan. Bu haqida Moskva prokuraturasining matbuot xizmati xabarida ma'lum qilindi.
Manba xabariga ko‘ra, Agamammadova 2015 yilning kuz oylarida g‘ayir maqsadlarda oilali kishi bilan yaqin munosabatlaridan foydalangan.
Ayol mehmonxonadagi navbatdagi intim uchrashuvni oldindan sotib olib, sumkaga joylashtirilgan qurilmaga yozib oladi.
Keyin esa agar 12 ming dollar bermasa, bu videotasmani "suyuklisi"ning qonuniy xotini va qarindosh-urug‘lariga ko‘rsatishini aytib, tahdid qiladi.
Pulni qo‘lga kiritgan Agamammadova yana 50 ming dollar talab qilib, "tanishi"ni shantaj qilishda davom etadi.
Erkakning toqati toq bo‘lib, oxiri politsiyaga murojaat qilgan.
Moskva Preobrajyenskiy tuman sudi ayblanuvchi Tamilla Agamammadovani 2 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum etdi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
12:02 / 24.05.2025
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
19:02 / 22.05.2025