Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alkogolli ichimliklar idishlarida ichimlik zararidan ogohlantiruvchi yozuvlar paydo bo‘ladi
O‘zbekistonda spirtli ichimliklarning belgilari borasida yangi talablar qabul qilindi. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligi bosh direktori, respublika hududidagi korxonalarda ishlab chiqarilayotgan alkogolli ichimliklarga belgi qo‘yish tartibiga o‘zgartirishlar kiritishga buyruq bergan.
Buyruq 2016 yil 4 oktabridan kuchga kiradi. Yangi talablarga muvofiq, alkogolli ichimliklarning belgilari yuqori sifatli qog‘ozdan, ro‘yxatdan o‘tgan poligrafiya korxonalarida ishlab chiqarilgan bo‘lishi lozim.
Bundan tashqari, ularda, belgilarni qalbakilashtirishga qarshi usullar qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi. Shu bilan birga, belgilarni xorijdan olib kirishga ham ruxsat beralidi.
Shuningdek, buyruqqa ko‘ra, shishalarda spirtli ichimliklar zararidan ogohlantiruvchi so‘zlar paydo bo‘ladi.
Hujjatda qayd etilishicha, «Alkogolli ichimlikni ko‘p iste'mol qilish asab tizimi va ichki organlarning og‘ir kasalliklariga olib kelishi mumkin» mazmunidagi tibbiy ogohlantiruvchi yozuv, qog‘ozli belgining 40 foizidan kam bo‘lmagan hududini egallashi kerak.
Mavzuga oid
10:00 / 16.01.2025
Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 10 nafarga yetdi
11:45 / 29.12.2024
Andijonda 5 kishi spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etdi
22:17 / 06.11.2021
Hindistonda 40dan ortiq inson qo‘lbola spirtdan zaharlanib vafot etdi
23:13 / 30.03.2020