Iqtisodiyot | 10:19 / 05.07.2016
7745
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon xom-ashyo bozorida neft narxi arzonlashmoqda

Treyderlarning "qora oltin" bozorida taklifning talabdan ortib ketishiga oid xavotirlari sabab, jahon bozoridagi neft narxi pasayib bormoqda. 

Sentyabr oyi fyuchers savdolari Shimoliy dengiz neft aralashmasi - Brentning bir barreli 1,02 foizga arzonlashib, 49,58 dollarni tashkil etdi. WTI rusumidagi neftning avgust oyi fyuchersi narxi esa, 1,61 foizga tushib, uning bir barreli 48,20 dollarni tashkil etgan. 

Sarmoyadorlar jahon bozorida neft taklifi ortishini taxmin qilishmoqda. Bunga, Liviyaning o‘zaro raqib ikki neft kompaniyasining birlashish jarayoni yakunlagani sabab bo‘lgan, deb yozadi The Wall Street Journal. 

Bundan tashqari, britaniyaliklarning YeIni tark etish qarori ham neftning keyingi bahosiga uzoq ta'sir etishi mumkin. 
 

Foto:Google image

Mavzuga oid