365 kunlik ta'til: Shveytsariyalik sayyohlar O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishmoqda
Shveytsariyalik Magali va Devid 365 kunlik mehnat ta'tiliga chiqib, Istanbuldan Sidneyga sayohatga otlanishdi. Aprel oyida sayohatni boshlagan juftlik iyul oyining boshida, ya'ni sayohatning 90-kuni yo‘nalishdagi oltinchi mamlakat – O‘zbekistonga yetib kelishdi.
«Gazeta.uz» ma'lumotiga ko‘ra, poytaxtda biroz muddat bo‘lgan shveysariyaliklar tarixiy obidalar, madaniyat, turmush tarzi va mahalliy oshxona bilan tanishish maqsadida avval Xivaga, so‘ng Xorazm bilan chegaradosh Qoraqalpog‘istonga yo‘l olishdi. Oldinda esa – Buxoro va Samarqand shaharlari.
Magali va Devid o‘z sayohatlari haqida 365daysoff.ch («365 kunlik ta'til») blogida hikoya qilish bilan birga fotosuratlar va videoroliklar ham taqdim etib borishadi.
Toshkent haqidagi tasavvurlari bilan bo‘lishgan shveysariyalik juftlik unga “zamonaviy va juda ozoda shahar” deya baho berishadi, mamlakatga kirish esa ular uchun internet tarmoqlarida tasvirlangandek qiyin bo‘lmaganini ta'kidlashdi. “Hech kim bizdan telefon va noutbuklarimizdagi surat va videolarni ko‘rsatishni so‘ragani yo‘q, shuningdek o‘zimiz bilan olib ketayotgan dorilar ham ortiqcha tekshirilmadi”, - deb yozishdi sayyohlar.
Hozirga qadar ko‘rganlari orasida ularga Toshkentning Eski shahar qismi va Qoraqalpog‘istondagi qadimiy qal'alar yoqqanini aytishgan. Shuningdek issiqda chanqoqni qoldiruvchi sharbatlarimiz ularga juda ma'qul kelgan.
Magali va Devid Xivada velosipedda harakatlanishgan. “Anchadan beri avtomobillar yurishi taqiqlangan yerlarda bunchalik maza qilmagan edik”, - deb yozilgan Xiva bo‘ylab velosayohat videosi ostida.
Mavzuga oid
11:12 / 17.11.2024
2024 yil 10 oyda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
10:26 / 03.11.2024
O‘zbekistonga xorijdan kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
23:10 / 24.10.2024