Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Varshavaga yirtiq paypoqda borgan

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Varshavadagi Volin fojiasi qurbonlari xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlikni ziyorat qilishga yirtiq paypoq bilan borganiga e'tibor berishgan.
8 iyul kuni Ukraina prezidenti Petr Poroshenko, Oliy Rada deputati Nadejda Savchenko bilan birga Volin fojiasi qurbonlari yodgorligi poyiga gul qo‘ydi. Poroshenko shuningdek, qurbonlar xotirasi hurmatiga, yodgorlik yonida chiroq yoqib, tiz cho‘kkan va cho‘qingan.
Ukraina rahbari NATOning Varshava sammitida ishtirok etish uchun Polshaga kelgan edi.
Aprel oyida ham ijtimoiy tarmoqda Poroshenkoning e'tiborsizligi keng munozaralarga sabab bo‘lgan, ayrim foydalanuvchilar uni mazax qilishgandi. O‘shanda, Poroshenkoning egnidagi dazmollanmagan kostyum va tozalanmagan tufli muhokama mavzu bo‘lgandi. Poroshenkoning AQSh prezidenti Obama bilan ko‘l berib ko‘rishayotgandagi fotosurati, Poroshenko ma'muriyati tomonidan Twitter va Facebookdagi sahifalarga joylangandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025