Fan-texnika | 19:06 / 15.07.2016
14091
1 daqiqa o‘qiladi

iPhone 7’ning ilk videosi paydo bo‘ldi

Apple kuz oylarining boshida taqdim etishi kutilayotgan iPhone 7 smartfonining ilk videosi internetda paydo bo‘ldi. Bu kadrlardagi apparat avvalgi “ayg‘oqchi” suratlardagidek.

Unga xos bo‘lgan xususiyatlar orasida – asosiy kamera modulini yashiruvchi bo‘rtiqning yangi shakli, orqa qopqoqdagi plastik liniyalarning o‘zgartirilgan geometriyasi, shuningdek quloqchinlar ulanadigan 3,5 millimetrli slotning yo‘qligi e'tiborni tortdi. 

Kecha suratlari paydo bo‘lgan 4 ta prototipni bir joyda birlashtirgan videoda barcha smartfonlar iPhone 6s bo‘yicha tanish bo‘lgan 4 xil rangda ishlab chiqarilgan. 

Mavzuga oid