Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politsiya Nitstsadagi terakt ijrochisining uyida 1 kishini hibsga oldi
Frantsuz politsiyasi Nitstsadagi xunrezliklar ijrochisi bo‘lgan shaxsning shahar yaqinidagi uyida tintuv o‘tkazish davomida bir kishini qo‘lga oldi. Bu haqda iTele xabar tarqatgan.
"Biz politsiya xodimlari niqobdagi bir kishini olib ketishayotganini ko‘rdik. Bu kim bo‘lgani noma'lum", deydi telekanal muxbiri.
U shuningdek, sapyorlar uyda shubhali buyumni portlatib yo‘q qilishgani haqida aytgan. Uy oldidagi avtoturargoh sinchiklab tekshirilgan.
14 iyul kuni kechqurun Bastiliya olingan kun munosabati bilan o‘tkazilgan Milliy bayram vaqtida Nitstsa shahridagi Ingliz qirg‘og‘ida to‘plangan odamlar ustiga yuk mashinasi haydab borilishi oqibatida 84 kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, ayni vaqtda jarohatlangan 18 kishi shifoxonada qolmoqda.
Ma'lumot o‘rnida. "Sputnik. Mneniya" tomonidan fevral oyida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, fransuzlarning 64 foizi Afrika va Yaqin Sharqdan keluvchi muhojirlar mamlakatdagi xavfsizlik darajasiga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi. Shuningdek, so‘rovnomada ishtirok etganlarning 67 foizi hukumat va OAV muhojirlarning jinoyatlari darajasini to‘la ma'lum qilmasdan, noxolislik qiladi.
Mavzuga oid
18:39 / 27.03.2025
Angliya politsiyachilari me’yoridan ortiq ishlayotgani sabab jinoyatlarni fosh eta olmayapti
14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi
17:23 / 11.03.2025
AQShda 40 yil oldin qamoqdan qochgan jinoyatchi ushlandi
15:39 / 11.03.2025