Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bank of Americaning ikkinchi chorakdagi daromadi tushib ketdi
AQShning ikkinchi eng yirik banki Bank of America (BofA) choraklik daromadi 19,4 foizga tushib ketgani xususida hisobot bergan, deb xabar qilmoqda Reuters.
Bank hisobotida qayd etilishicha, BofAning shubhali kreditlar zaxirasi 25 foizga ko‘tarilib, 976 mln dollarni tashkil etgan. Uning sof foizli foydasi 12 foizga tushib ketgan va 9,2 mlrd dollardan iborat bo‘lgan.
Agentlikning xabar qilishicha, Bank of Amerisa ikkinchi chorak yakunlariga ko‘ra, eng daromadsiz moliya muassasalaridan biri bo‘ladi. Bunga, energetika sohasiga kiritilgan yirik sarmoyalar ham sababdir.
Amerika banklari orasida daromadi pasaygani haqida JP Morgan Chase & Co (-1,6 foiz), Citigroup Inc (-14 foiz) va Wells Fargo & Co (-3,5 foiz) banklari ham ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
13:12 / 14.05.2025
Dunyoda o‘z davlati ichida ko‘chishga majbur bo‘lganlar soni 83 mlndan oshdi
12:51 / 06.05.2025
O‘zbekistonliklar daromadlarining o‘sishi sekinlashdi
18:22 / 28.04.2025