Jahon | 08:42 / 18.07.2016
19738
1 daqiqa o‘qiladi
Istanbulda favqulodda vaziyat joriy etildi
Istanbulda yana favqulodda vaziyat joriy etildi, shaharga politsiya maxsus kuchlarining qo‘shimcha 1,8 ming xodimi tashlangan. Bu haqda Anadolu axborot agentligi ma'lum qildi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, shahar politsiyasi boshlig‘iga tegishli ruxsatsiz havoga ko‘tarilgan vertolyotlarni urib tushirish buyurilgan. Ko‘chalar politsiyaning kuchaytirilgan naryadlari bilan nazorat qilinmoqda.
17 iyulda harbiy to‘ntaruvga urinish ishtirokchilari va hukumat kuchlari o‘rtasida Istanbulning Sabixi Gekchen xalqaro aeroporti yaqinida va Ko‘nya shahridagi aviabazada to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan.
Mavzuga oid
16:33
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
00:48 / 23.11.2024
Turkish Airlines 23 noyabrga rejalashtirilgan qator parvozlarini bekor qildi
20:03 / 18.11.2024
Yevropaning eng gavjum aeroporti nomi e’lon qilindi
13:05 / 09.11.2024