Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada bir hafta ichida issiq urishi natijasida 3 mingdan ortiq kishi shifoxonaga yotqizildi
Yaponiyada 11 iyuldan 17 iyulga qadar 3099 nafar kishi issiq urishi natijasida shifoxonaga yotqizildi. Bu haqida TASS xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan haftaga qaraganda 1791 kishiga kam, Yaponiyada bu hafta jazirama biroz qaytdi, biroq ko‘p hududlarda harorat 30 darajadan ortiqligicha qolmoqda. O‘tgan hafta ichida uch kishi issiq urishi natijasida halok bo‘ldi.
Yaponiyaning meteorologiya boshqarmasi bu yil Tinch okeanidagi El-Nino va La-Ninya iqlim fenomenlarining ta'siri tufayli yozning favqulodda issiq kelishini ma'lum qilgan. Jaziramaning eng avjiga chiqqan davri iyulning oxiri- avgustning boshiga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.
O‘tgan yili Yaponiyada 100 nafardan ortiq kishi issiq urishi natijasida hayotdan ko‘z yumgan, yana 53 ming kishi shifoxonada davolangan.
Yaponiyalik meteorologlar odamlarni quyosh ostida uzoq yurmaslikka, bosh kiyimlar kiyishga va imkon qadar ko‘p suyuqlik ichishga chaqirishmoqda.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025