Jamiyat | 18:17 / 21.07.2016
7814
1 daqiqa o‘qiladi

Fedor Konyuxov "- 40 darajali" sovuqda havo sharida qolib ketdi

Rossiyalik sayyoh Fyodor Konyuxov "-40 darajali" haroratda o‘zining havo sharida Hind okeani ustidan o‘tmoqda. Bu haqida RIA "Novosti" sayyohning o‘g‘li Oskar Konyuxovning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga asoslanib, ma'lum qildi. 

"Balandlik - 10 300 metr (FL 340!). Havo harorati - "- 40 daraja". Isitish moslamasi ishlamaydi. Statsionar terminal muzlab qolgan", - deya ma'lum qildi Konyuxovning o‘g‘li. 

Sayyohning so‘zlariga ko‘ra, u bulutlar chetidan o‘tib, pastlay olmayapti. Konyuxov bu haqida sun'iy yo‘ldosh orqali ishlaydigan qo‘l telefoni yordamida ma'lum qilgan.

Bundan tashqari, u havo sharining Antarktidaga tortib ketayotgani hamda Avstraliya tomonga harakatlanish uchun shamol yo‘nalishi o‘zgarishi kerakligini xabar qilgan. 


 

Mavzuga oid