Jahon | 15:36 / 21.07.2016
20609
2 daqiqa o‘qiladi

Peskov Erdo‘g‘anni Rossiya MV qutqarib qolgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Foto: © RIA Novosti

Rossiya prezidentining matbuot xizmati boshlig‘i Dmitriy Peskov Rossiya tomoni Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni isyon tayyorlanayotganidan ogohlantirgani haqidagi ma'lumotga ega emasligini aytdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatgan.

«Menda bunday ma'lumot mavjud emas va men qanday manbadan bunday gap chiqqani haqida ham bilmayman», — degan u bu haqdagi xabarga izoh berib.

Bundan oldinroq Erondagi Fars agentligi Ankaradagi diplomatik manbalardan olingan ma'lumotga asoslanib Rossiya Erdo‘g‘anni isyon tayyorlanayotgani haqida bu harakatlar boshlanishidan bir necha soat oldin ogohlantirgani haqida xabar tarqatgandi.

Xabarda rossiyalik harbiy xizmatchilar armiya mamlakatda harbiy to‘ntarishni boshlashga tayyor ekanligi haqidagi radioxabarni tutib olgani va rashifrovka qilgani aytilgandi.

Manbada Rossiyaning Xmeymimdagi bazasi bunday signallarni tutish uchun zarur uskunalarga ega ekani qo‘shimcha qilingandi.

Mavzuga oid