Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya Hyperloop uchun yo‘l qurishni muhokama eta boshladi
Koreya Respublikasi Hyperloop vakuum poyezdi uchun yo‘l qurish imkoniyatini ko‘rib chiqa boshladi. Uning konsepsiyasi 2013 yilda amerikalik sarmoyador va ixtirochi Ilon Mask tomonidan taklif etilgan edi.
"Ulsan fan va texnologiyalar instituti (UNIST) Hyperloop loyihasini amalga oshirish uchun asosiy texnologiyalarni ishlab chiqishni boshladi", - deyiladi OO‘Yu tarqatgan xabarda.
Unda ta'kidlanishicha, mazkur loyihani hayotga tatbiq etish 5 yil davom etadi hamda xarajatlari 1,22 mln dollarga yaqin bo‘ladi.
"Tadqiqotlar doirasida magnitli yostiqcha ustidagi poyezd harakatlanadigan quvur ichidagi aerodinamik qarshilikni kamaytirish texnologiyalari ishlab chiqiladi", - deyiladi hujjatda.
Nazariy jihatdan vakuumli quvur ichidagi poyezd 1200 km/soat tezlikda harakatlana olishi kerak.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:14 / 05.05.2025