OAV: Alisher Usmonovning rafiqasi Rossiya sport vaziri etib tayinlanishi mumkin

Foto: rsport.ru
Rossiyaning badiiy gimnastika bo‘yicha bosh murabbiyi va ushbu sport turi federatsiyasi rahbari hamda milliarder Alisher Usmonovning rafiqasi Irina Viner-Usmonova Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko iste'foga ketsa, uning lavozimini egallashga asosiy nomzod hisoblanmoqda.
Mutko iyun oxirida agar rossiyalik sportchilar 2016 yilgi Olimpiadaga qo‘yilmasalar iste'foga ketishga tayyorligini ma'lum qilgandi.
Viner 2008 yildan beri Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasiga rahbarlik qilib keladi. Uning turmush o‘rtog‘i Alisher Usmonov sportga anchadan beri jiddiy e'tibor qaratib keladi. Usmonov Sochidagi Olimpiadaga tayyorgarchilik ko‘rish va uni tashkillashtirish kengashi tarkibiga kirgan. 2008 yildan beri Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga rahbarlik qiladi va Angliyaning "Arsenal" klubi egalaridan biri hisoblanadi. U, shuningdek, "Ximki" basketbol klubi, "Belogore" voleybol klubi va boshqa bir qator sport klubi va tashkilotlariga homiylik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Usmonov avvalroq XOQ prezidenti Tomas Baxga rossiyalik sportchilarni Riodagi Olimpiadaga qo‘yish iltimosi bilan maktub yo‘llagandi.
Mavzuga oid

20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan

16:46 / 14.03.2025
Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin

22:38 / 14.02.2025
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

19:54 / 08.02.2025