Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen dunyoning eng yirik avtomobilsozlik kompaniyasiga aylandi
Germaniyaning Volkswagen avtokonserni joriy yilning birinchi yarim yilligida, jahonning eng yirik avtomobilsozlik kompaniyasiga aylandi, deya xabar qilmoqda Autocar portali.
Ma'lumotlarga ko‘ra, nemis kompaniyasi 2016 yil yanvar – iyun oylarida 5,27 mln avtomobil ishlab chiqargan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 foiz ko‘p demakdir. Yaponiyaning Toyota avtokonserni o‘tgan yilgiga nisbatan 0,6 foiz kam, ya'ni 5 mln dona mashina ishlab chiqargan. Uchinchi o‘rinda borayotgani aytilgan GM konsernining ishlab chiqargan avtomobillariga oid raqamlar keltirilmagan.
Bundan tashqari, Volkswagen birinchi yarim yillikda avtomobillarni sotish bo‘yicha ham dunyo yetakchiligiga erishgan. Uning 5,2 mln dona mahsuloti mijozlarga yetkazilgan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Toyota (4,99 mln dona, Toyota, Lexus, Daihatsu va Hino savdo belgilari bilan birga) va GM (4,76 mln dona) kompaniyalari bormoqda.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025