Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nanorobotlar odam tomiriga kiritiladi
Dreksel universiteti tadqiqotchilari qanday qilib elektromagnit maydon yordamida mitti robotlarni suyuq muhitda katta tezlikni rivojlantirishga majburlash mumkinligini namoyish qilishdi. Olimlar bu qurilmalardan kelajakda dori vositalarini qon tomirlariga yetkazib berishda foydalanishni rejalashtirishmoqda. Kashfiyot tasvirlangan maqola Scientific Reports jurnalida chop etilgan.
Nanorobotlar mayda dumaloq zarrachalaridan iborat zanjirga o‘xshaydi. Magnit maydoni vintga o‘xshab zarrachalarni aylantiradi, bunda zanjir qanchalik uzun bo‘lsa, u shunchalik katta tezlikka ega bo‘ladi. Olimlar uch “munchoq”dan iborat zanjirdan boshlab, turli robotlarni tekshirib chiqishdi. Eng uzun qurilma 13 zarrachadan tashkil topib, u bir soniyada 17,85 mikrometr tezlikka ega bo‘ldi.
Robotlar harakatlanishi uchun tashqi magnit maydoni qo‘llangan. Maydonning aylanish tezligi qancha ko‘p bo‘lsa, zanjirlar shuncha tez harakatlangan. Yuqori chastota uzun qurilmalarning kaltaroqlariga ajralishiga olib kelgan. Masalan, yetti munchoqdan iborat robot ma'lum bir tezlikka yetganidan so‘ng deformatsiyalanadi hamda 3 va 4 zarrachali ikki zanjirga ajraladi. Magnit kuchlarining yo‘nalishi shu qadar o‘zgartirilishi mumkinki, ikki robot qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlana boshlaydi.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, zanjirlar shu tariqa tahrirlanishi mumkinki, bunda ular dori vositalarini yetkazib berish tizimi sifatida xizmat ko‘rsatishi, shuningdek jarrohlik operatsiyasi davomida turli vazifalarni bajarishi mumkin. Masalan, robotlar qon hujayralarining yopishqoq quyuqlari yoki xolesterinlar bloklab qo‘ygan vena va arteriyalarni tozalashi mumkin.
Mavzuga oid
14:00 / 17.02.2025
Dorilarni sut bilan ichish ularning ta’sirini yaxshilaydi - tadqiqot
15:12 / 18.01.2025
Alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi belgilandi
20:04 / 14.10.2024
Chilonzorda salkam 44 ming dollarga qalbaki dori sotganlar ushlandi
10:52 / 02.11.2023