AQSh va Bahrayn futbolchilari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi ommaviy mushtlashuv bilan yakunlandi
AQSh U19 va Bahrayn U19 terma jamoalari COTIF Tournament turniri doirasida o‘tkazgan o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvi futbolchilarning ommaviy tarzda mushtlashishi bilan yakunlandi.
Ziddiyat tashkilotchisi bahraynliklar vakili bo‘lgan, u o‘z jamoasi futbolchisi qoida buzganidan keyin to‘pni yerda yotgan amerikalik futbolchining yuziga qarata tepgan. Shundan so‘ng amerikalik futbolchilar unga tashlanib, yerga qulatishgan. Janjalga zaxira futbolchilari va murabbiylar ham qo‘shilgan.
Uchrashuv Bahrayn yoshlar jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Bu mag‘lubiyat amerikaliklarning A guruhidan keyingi bosqichga chiqa olmasligiga sabab bo‘lgan. 5ta jamoadan iborat guruhdan keyingi bosqich uchun 2ta yo‘llanma bor edi, guruhda Bahrayn uchinchi, AQSh esa to‘rtinchi o‘rinni egallagan.