Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karzay Afg‘onistondagi tolibonlarga qarshi tuzilgan AQSh koalitsiyasini foydasiz deb atadi
Afg‘oniston sobiq prezidenti Hamid Karzay mamlakatdagi “Tolibon” radikal guruhiga qarshi tuzilgan AQSh boshchiligidagi koalitsiyani foydasiz deb atadi.
Britaniyaning Guardian nashri bilan bo‘lgan intervyuda sobiq prezident koalitsiya afg‘on harbiylariga yordam o‘rniga ko‘proq zarar keltirayotganini ta'kidladi. Uning aytishicha, amerikalik va britaniyalik harbiylar Afg‘onistonda shunchaki o‘lib ketishmoqda, chunki tolibonlar o‘z pozitsiyalarida mustahkam joylashib olishgan hamda ancha kuchlidir.
"NATO bu yerda 14 yil bo‘ldi. Biror bir ijobiy o‘zgarish kuzatildimi? Biror bir xavfsizlikka erishildimi? Yo‘q! Bu nimadir noto‘g‘ri bo‘layotganini ko‘rsatadi", — dedi sobiq rahbar.
So‘nggi ma'lumotlar ko‘rsatishicha, joriy yil boshida hukumat mamlakatning 70,5 foiz hududini nazorat qilgan bo‘lsa, ayni paytda bu ko‘rsatkich 65,6 foizga tushgan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
21:47 / 22.04.2025
«Tolibon» endi Rossiyada terror guruhi emas. Harakat asr boshida Rossiyaga jihod e’lon qilgandi
20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji
22:28 / 09.04.2025