Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Onasining o‘limidan keyin 3 oylik bola mashina ichida bir sutkaga qolib ketdi
Krasnoyarskda ona qizi bilan garaj yerto‘lasiga tushgan va taxminan uglerod oksididan bo‘g‘ilib, jon bergan. Bu haqida viloyat tergov bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 12 avgust kuni Achinsk shahridagi garajlar jamiyatlaridan biridagi garaj yerto‘lasida 39 yoshli ayol va 10 yoshli qizning jasadi topilgan.
Garaj yoniga qo‘yilgan avtomobilda 3 oylik bola sog‘-omon topilgan.
Sodir bo‘lgan voqea yuzasidan tergov idoralari tekshiruv ishlarini boshlab yuborishdi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 11 avgust kuni ayol ikki farzandi bilan garajga kelgan. Tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlar taxminan uglerod oksididan bo‘g‘ilib halok bo‘lishgan.
Matbuot xizmatining ta'kidlashicha, ayolning 3 oylik o‘g‘li mashina ichida qolgan bo‘lgan, uni ertasi kuni qarindoshi shu yerdan topgan.
Hozirda voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
08:50 / 22.05.2025
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
12:31 / 30.04.2025
Bola huquqlari kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi
17:55 / 09.04.2025
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan to‘qqiz nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi
09:15 / 07.04.2025