Sport | 23:05 / 17.08.2016
8282
3 daqiqa o‘qiladi

APL, 1-turning 10 lahzasi

O‘tgan haftada Angliya premer-ligasining yangi mavsumi boshlandi. "Tribuna.uz" 1-tur yakunlariga ko‘ra o‘tkazilgan 10 uchrashuvda esda qolarli lahzalarni saraladi.

1. "Hall-Siti" jamoasi 2012 yildan buyon ilk marta ilk uikendni g‘alaba bilan boshladi.

2. 1953-54 yillar mavsumidan buyon ilk marta amaldagi chempionlar va ikkinchi o‘rin sohiblari yangi mavsumning ilk turidayoq yutqazishdi. "Lester" safarda mavsum debyutanti "Hall-Siti"dan yengilgan bo‘lsa, o‘tgan mavsumni ikkinchi o‘rinda yakunlagan "Arsenal" o‘z uyida "Liverpul"ga yutqazdi.

3. "Manchester Siti" darvozasini ishg‘ol etgan tajribali hujumchi Jyermeyn Defo APLning 16 mavsumida gol urgan futbolchiga aylandi. Defo premer-liga tarixida 16 mavsumda gol urgan sakkizinchi futbolchi bo‘ldi. Bu natijani qayd etganlarning faqat 3 nafari seriyani davom ettirgan: Rayan Giggz 21ta, Pol Skoulz 19ta, Frenk Lempard esa 18ta mavsumda gol urgan.

4. Ibrahimovich A Seriya, La Liga, Liga 1, YeChL va APLdagi ilk o‘yinlarida gol urgan yagona futbolchi bo‘ldi. U yangi jamoasi safida mavsumning ilk o‘yinida "Bornmut" darvozasini ishg‘ol etdi.

5. "Bornmut"ga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limida zaxiradan maydonga tushirilgan Henrix Mxitaryan APLda o‘ynagan ilk armanistonlik futbolchiga aylandi. U shu bilan birgalikda APLda maydonga tushgan 112-millat vakili hisoblanadi.

6. Turning eng samarador futbolchisi "Liverpul" yarim himoyachisi Felipe Koutino bo‘ldi. U "Arsenal" darvozasini ikki bor ishg‘ol etib, Manening goliga pas berdi va "fentezi"da 15 ochko ishladi.

7. Xosep Gvardiola APLda debyut qildi va bu debyutni g‘alaba bilan o‘tkazdi. "Sanderlend" o‘yin oxirida urilgan gol evaziga 2:1 hisobida taslim etildi.

8. Antonio Kontening ham APLdagi debyuti g‘alaba bilan yakunlandi. Uning jamoasi ham oxirgi daqiqada urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi.

9. Koutino yana katta sahnadi. Birinchi turning eng go‘zal goli.

10. APL turnir jadvalida birinchi turdan keyingi holat

Mavzuga oid