Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonning uch nafar fuqarosi Moskva viloyatidagi postlardan biriga hujum qildi
Tojikistonda tug‘ilgan uch nafar shaxs Moskva viloyatining Mojayskiy tumanidagi yo‘l patrul xizmati postiga hujum qildi. Bu haqda «Moskva» shahar yangiliklar agentligi ma'lum qilgan.
«14:00 (Toshkent vaqti bilan 16:00) atrofida Mojayskiy tumani yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi xodimlari salonida uch nafar Tojikiston fuqarosi bo‘lgan avtomashinani to‘xtatishadi. Hujjatlarni tekshirish jaryonida janjal chiqadi va to‘xtatilganlar politsiya qurollarini olishga urinishadi. Natijada bir jinoyatchi otib tashlanadi, ikkinchisi esa yaralanadi. Uchinchisi esa to‘pponchani olishga muvaffaq bo‘ladi va bir politsiyachini yaralab, o‘rmonga berkinadi», — deb xabar bermoqda manba.
Ayni damda qochib ketgan jinoyatchini qidirish ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:39 / 27.03.2025
Angliya politsiyachilari me’yoridan ortiq ishlayotgani sabab jinoyatlarni fosh eta olmayapti
14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi
17:23 / 11.03.2025
AQShda 40 yil oldin qamoqdan qochgan jinoyatchi ushlandi
15:39 / 11.03.2025