Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lenovo kompaniyasining choraklik daromadi keskin oshdi
Shaxsiy kompyuterlarni ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan Lenovo moliyaviy yilining iyun oyida tugagan birinchi choragi xususida hisobotini e'lon qildi, deya xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Joriy yilning aprel-iyun oylarida kompaniyaning sof daromadi 173 mln dollarni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 64 foiz ko‘p demakdir. Bundan avval, tahlilchilar Lenovo kompaniyasining choraklik daromadi 130 mln dollarni tashkil etishi mumkinligini aytishgan edi.
Biroq, birinchi chorakdagi naqd pul tushumi 6 foizga pasayib, 10,05 mlrd dollardan iborat bo‘lgan. Tahlilchilar bu boradagi raqam 9,63 mlrd dollardan oshishini taxmin qilishgandi.
Mavzuga oid
13:12 / 14.05.2025
Dunyoda o‘z davlati ichida ko‘chishga majbur bo‘lganlar soni 83 mlndan oshdi
12:51 / 06.05.2025
O‘zbekistonliklar daromadlarining o‘sishi sekinlashdi
15:05 / 07.03.2025
Biznes uchun statistika hisobotlari hajmi kamayadi
16:07 / 28.02.2025