Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik suzuvchi Olimpiadada o‘g‘rilik haqida yolg‘on ko‘rsatma bergani uchun uzr so‘radi
Amerikalik suzuvchi Rayan Loxte Riodagi Olimpiadada o‘g‘rilik haqida yolg‘on ko‘rsatma bergani uchun uzr so‘radi.
"Men o‘z vatanimni Olimpiadada taqdim qilayotganimdan faxrlanaman, men yo‘l qo‘ygan vaziyat esa boshqa takrorlanmasligi kerak. Bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni o‘z bo‘ynimga olaman. Men bu hodisadan bir nechta foydali saboq chiqardim", deb yozdi Loxte instagramdagi sahifasida.
AQSh Olimpiya terma jamoasining 4 nafar suzuvchisi restoranda feyskontroldan o‘tayotganda va keyinroq Olimpiya qishlog‘iga qaytganlarida videokuzatuv kameralari tomonidan qayd qilinganlar. Sportchilar o‘sha kuni ularga qurolli bosqinchilik uyushtirilib, telefon va pullari o‘g‘rilanganini ma'lum qilishgan. Biroq kameralardan yozib olingan yozuvlarda sportchilar binoga kirayotganlarida cho‘ntaklaridan go‘yoki o‘g‘rilangan deb aytgan buyumlarni olayotganlarini ko‘rish mumkin bo‘lgan. Ushbu holat yuzasidan Braziliya politsiyasi ikki suzuvchi – Rayan Loxte va Jyeyms Feygenga jinoyat haqida yolg‘on ko‘rsatma berish bo‘yicha ayblov qo‘ygan.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
20:31 / 20.09.2024