Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oybek ko‘chasining Nukus hamda Turkiston ko‘chalari kesishuvi oralig‘idan o‘tgan qismi butunlay yopiladi
19 avgust kunidan boshlab Toshkent shahridagi Oybek ko‘chasining Nukus hamda Turkiston ko‘chalari kesishuvi oralig‘idan o‘tgan qismi transport vositalari harakati uchun butunlay yopiladi.
Shahar hokimiyati axborot xizmatida xabar qilinishicha, bu yerda maysazorli yashil hudud tashkil etilib, fonus va o‘rindiqlar bilan ta'minlanadi.

Hokimlik rasmiy saytiga joylangan xabarda ta'kidlanishicha, bu shaharda avtomobil transporti harakatini tartibga solish, Toshkent temir yo‘l vokzali oldi hududlarini yanada obodonlashtirish, metro vagonlarining aylanish joyida harakat xavfsizligini ta'minlash, ushbu ko‘chada istiqomat qilayotgan ko‘psonli aholining madaniy hordiq chiqarishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshiriladi.
Vokzal atrofi hududida istiqomat qiluvchi aholi uchun yangicha yechimdagi obodonlashtirish ishlari olib boriladi.
Mavzuga oid
11:22 / 10.02.2025
Aholi yashash massivlarida yashil hududlarni betonlashtirganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
19:42 / 05.08.2023
Navoiyda qariyb 3,3 mln dollarlik “yashil loyiha” qarovsiz qoldi
16:39 / 29.10.2022
Xitoy mo‘jizasi turkumidan: Takla-Makon cho‘lidagi yo‘l va uning chetidagi yashil hudud qanday barpo etilgandi?
08:29 / 04.08.2020