Jamiyat | 14:27 / 19.08.2016
28833
2 daqiqa o‘qiladi

Jahon brendlari nima uchun o‘z nomlaridan A, B va O harflarini olib tashlashdi

Jahonning eng yirik brendlari va hattoki ba'zi shaharlar donorlik hamda qon yetishmovchiligi muammolariga diqqatni qaratishga bag‘ishlangan xalqaro aksiyaga qo‘shilib, vaqtinchalik o‘z nomlaridan A, B, O harflarini olib tashlashdi. Bu haqida  Mashable ma'lum qildi. 

#MissingType xeshtegi ostida o‘tayotgan aksiyani Britaniyaning Engine Group PR-agentligi London qon quyish markazi bilan hamkorlikda o‘ylab topdi. U 16-21 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi, aksiyaga 21 davlat hamda dunyoning eng yirik donorlik markazlari jalb qilingan.

Kampaniyada ishtirok etish uchun uning mualliflari qatnashchilardan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida o‘z nomlaridan vaqtinchalik A, B, O harflarini (qon guruhlarining xalqaro belgilari) olib turishni so‘rashgan. 

Kampaniyaning rasmiy shiori: "A, O va V'siz biz hech kimmiz. Bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam bering".

Ushbu harakatga yirik xalqaro korporatsiyalar qo‘shilib, o‘z nomlari va logotiplaridan shu uch harfni olib tashlashdi. 

Mavzuga oid