Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolt Olimpiya o‘yinlari tarixida eng ko‘p medal olgan sportchilar ro‘yxatida ikkinchilikka ko‘tarildi
Rio Olimpiadasida 4 x 100 m estafetasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Useyn Bolt Olimpiada tarixida eng ko‘p medal olgan ikkinchi sportchi sifatida e'tirof etildi. Ikkinchi o‘ringa Useyn bilan birga ikki nafar yengil atletikachining nomi – amerikalik sprinter va uzoqlikka sakrovchi Karl Lyuis va finlyandiyalik o‘rta masofaga yuguruvchi Paavo Nurmi (1920 yildagi bahslarda qatnashgan) bilan qayd etilgan.
Useyn o‘zi uchun so‘nggi Olimpiada bo‘lgan ushbu bahslarning barcha to‘qqiz bosqichida g‘alaba qozondi. U 100 va 200 metrga yugurish va 4 x 100 m estafetasida g‘olib bo‘ldi.
Ma'lumot uchun, Olimpiada o‘yinlarida oltin medallar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinda amerikalik suzuvchi Maykl Felps bormoqda. Uning hisobida 23 ta Olimpiada oltin medali bor.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
20:31 / 20.09.2024