Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mark Tsukerberg Facebook aksiyalarini xayriya maqsadida 95 million dollarga sotdi
Facebook rahbari Mark Tsukerberg xayriya uchun umumiy bahosi taxminan 95 million dollar bo‘lgan 760 mingdan ortiq aksiyalarni sotdi. Bu haqida Bloomberg ma'lum qildi.
Aktsiyalarni sotish tashabbuskorlari Tsukerberg oilasiga qarashli fondlar - Chan Zuckerberg Initiative Holdings va Chan Zuckerberg Foundation. Bir qimmatli qog‘ozning bahosi 122,8 - 124,3 dollar atrofida bo‘ldi.
Manbaga ko‘ra, soliqlar to‘lovidan so‘ng sotilgan aksiyalar narxi 85 million dollarga tushishi mumkin. Dekabr oyining boshida Facebook asoschisi kompaniyaning 99 foiz aksiyalarini xayriya va jamoatchilik harakatiga sarflashi haqida ma'lum qilgandi. Bu Tsukerberg qiz farzandli bo‘lganidan keyin ro‘y berdi. Bloomberg 'da ta'kidlanishicha, Tsukerberg o‘sha e'londan keyin birinchi marta aksiyalarni sotishi. Forbes ma'lumotlariga ko‘ra, Chan Zuckerberg Initiative fondining maqsadi - "inson salohiyatini yaxshilash va tenglik".
Mavzuga oid
08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi
09:46 / 21.02.2025
Toshkent viloyatida yerni 2,4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14:12 / 18.02.2025
588 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan dorilar sotuvga chiqishining oldi olindi
00:36 / 14.01.2025