Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sony kompaniyasi sentabr oyida ikkita yangi mahsulotini namoyish etadi
Yaponiyaning Sony kompaniyasi sentabr oyi boshlarida o‘zining eng ommabop o‘yin qurilmasi PlayStation 4ning ikki xildagi namunasini taqdim etadi, deb xabar qilmoqda The Wall Street Journal.
Nashr manbalariga ko‘ra, yangi qurilmaning biri PlayStation 4ning ingichka ko‘rinishidir. Uning ikkinchi, kuchliroq modeliga PlayStation Neo nomi berilgan. Taxminlarga muvofiq, u 4K o‘lchamli tasvirni aks ettirib, o‘yinlardagi grafikasi ham ancha sifatli bo‘ladi.
Tasvirlarning bunday yuqori sifatda bo‘lishi, virtual reallik ko‘zoynaklari PlayStation VR loyihasi bilan bog‘liq. Uning savdolari shu yilning oktabr oyida boshlanishi belgilangan. Virtual reallik ko‘zoynaklari 400 dollardan sotiladi. Ayni chog‘da, PlayStation 4 o‘yinlari ro‘yxati o‘zgarmaydi.
PlayStation 4 2013-yil noyabr oyidan beri 40 mln donadan ortiq nusxada sotilgan. Agar, Sony kompaniyasining kelgusi mahsuloti haqiqatdan ham sentabr oyida taqdim etilgudek bo‘lsa, bu o‘yin ishlab chiqarish sanoatining yozilmagan qoidasiga zid bo‘ladi. Unga muvofiq, yangi o‘yin platformalari 5-6 yilda bir marta chiqarilishi lozim.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025