Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainalik eshkakchi Olimpiadada portlagan Moskva tasviri tushirilgan kanoeda ishtirok etmoqchi bo‘lgan
Ukrainalik eshkakchi Yuriy Cheban Riodagi Olimpiadada Moskvada portlagan raketa tasviri tushirilgan kanoeda ishtirok etmoqchi bo‘lgani ma'lum qildi. 200 metrga kanoeda yakka holda eshish bo‘yicha oltin medal qo‘lga kiritgan Cheban masofani kazaklar tasviri bilan bezalgan kanoeda bosib o‘tgan.
"Bizning davlat og‘ir vaqtlarni boshdan kechirayotgandan beri men kanoeda mazmunli tematik suratlar tasvirlashga qaror qilganman. 2014 yilda men Moskvada raketa portlagan surat tasvirlangan qayiqni buyurtma qilgandim. Rioda men unga yana boshqacha manzaralar qo‘shib ishtirok etmoqchi edim, biroq buning iloji bo‘lmadi. Shuning uchun men Rioda otlarda to‘qmoq va qilichlar bilan chopayotgan kazaklar surati tasvirlangan kanoeda marraga muvaffaqiyatli yetib keldim. Qat'iy va istalgan dushmanga qarshilik ko‘rsata oladigan erkin, bo‘ysunmas xalq ekanimizning ramzi sifatida", deb aytdi Cheban.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025