Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Sobiq Ittifoqda Ukraina bayrog‘i taqiqlangani haqida gapirib berdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina bayrog‘idagi sariq va ko‘k ranglar birikmasi Sobiq Ittifoqda taqiqlangani va bu ranglardan foydalanish jiddiy jinoyat hisoblangani haqida gapirib berdi. Bu haqda "112 Ukraina" telekanali xabar bermoqda.
"Bayrog‘imizning asl tarixini sovet hukumati sir tutgan. U ko‘k va sariq ranglar birikmasi fuqarolar ko‘ziga tushmasligi ortidan qattiq kuzatgan... Tuzum bu ranglar birikmasiga yo‘l qo‘ymagan va uni jinoyat deb hisoblagan", deb aytdi Poroshenko Ukraina milliy bayrog‘i kuni munosabati bilan so‘zlagan nutqida.
Poroshenko, shuningdek, 90 foiz ukrainaliklar o‘z milliy ramzlari bilan faxrlanishlarini ta'kidlab o‘tdi.
Shu kuni oldinroq Poroshenko Ukraina bayrog‘ini tan olinmagan Lugansk va Donetsk xalq respublikalari hamda Qrimda ko‘tarishga chaqirgandi.
Ukraina milliy bayrog‘i kuni mamlakatning mustaqilligi kunidan bir kun avval – 23 avgustda nishonlanadi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025