Lindsi Loxanning Rossiyaga tashrif buyurish uchun Birinchi kanalga qo‘ygan talablari oshkor etildi
Amerikaning TMZ nashri Lindsi Loxanning Birinchi telekanaldan (Rossiya) 500 ming funt sterling, Moskvaga xususiy samolyotda parvoz qilish va Vladimir Putin bilan uchrashishni talab qilganligi haqida ma'lumot bergandi. L!FE Loxanning Birinchi kanaldagi tok-shouda ishtirok etishi uchun 19 “eksklyuziv” shartlaridan voqif qildi.
Ma'lum bo‘lishicha, aktrisa talab qilgan pul qiymati avval ma'lum qilinganidan yuqori bo‘lib chiqdi: Lindsi o‘zining telekanaldagi ishtirokini 650 ming funt sterlingga baholadi. Loxan o‘zi istagan kompaniyaning xususiy “jyeti”da parvoz tashkillashtirishni, shuningdek Kreml ko‘rinib turadigan Moskvaning “Ritts-Karlton” mehmonxonasida yashashni talab qilgan.
Aktrisaning shartlariga ko‘ra, uni 24 soat bir necha tan soqchilari qo‘riqlashi shart. Amerika OAV “yulduz”ning Putin bilan uchrashmoqchi ekanligini ma'lum qilgan edi, biroq Loxanning vakili uning bunday istak bildirmaganini aytdi.
“Shartnomada bunday bo‘lim yo‘q. Lindsi Putin bilan uchrashmaydi”, - deya ma'lum qilgan aktrisaning prodyuseri Jozef Beychor.
Eng asosiy bo‘limlardan biri Lindsining Moskvada bir chaqa ham ketkazmasligi haqidadir: barcha xarajatlarni Birinchi kanal o‘z zimmasiga olishi shart. Shuningdek Loxan tok-shouda Yegor Tarabasov hamda uning ota-onasi va yigitning sobiq sevgilisi Darya Pashevkinalar mutlaqo ishtirok etmasligini talab qilgan.
Mavzuga oid
14:00 / 19.09.2024
Rossiya "Birinchi kanal"i Pozner efirga qaytishini e’lon qildi
16:42 / 21.03.2022
Birinchi kanal Ovsyannikovani xoinlikda aybladi. Kanaldagilar u aksiyadan oldin «Angliya elchixonasi»ga qo‘ng‘iroq qilganini aytmoqda
21:17 / 30.03.2018
Rossiyaning Birinchi kanali Kemerovodagi fojia sababli hajviy ko‘rsatuvlar namoyish qilmaydi
20:30 / 30.03.2018