Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-York sudi Lindsi Loxanning GTA V yaratuvchilariga qarshi da'vosini rad etdi
Nyu-York Appelyatsion sudi Lindsi Loxanning Take-Two kompaniyasiga nisbatan da'vosini bekor qildi va GTA V o‘yini uchun aktrisaning obrazi o‘zlashtirilgan deb topmadi. Aktrisa 2014 yilda sudga murojaat qilib, uning obrazidan foydalanilganlik va shaxsiy hayotga daxlsizlikning buzilishidan shikoyat qilgan.
Sudyaning qaroriga muvofiq, GTA V o‘yinidagi qiz obrazida Loxanning aniq yuz ifodalari yo‘q va Take-Two personajni yaratish uchun uning suratlaridan foydalanmagan. "Bu obrazda 20 yoshlar atrofidagi zamonaviy qizning satirik ko‘rinishi aks ettirilgan", - qo‘shimcha qilindi sudda.
Loxan GTA V yaratuvchilarini 2014 yilda sudga bergan: u ishlab chiquvchilarni uning ommaviy obrazidan foydalanish va shaxsiy hayotiga aralashishda ayblagan.
Syujyetga ko‘ra, Leysi Jonas o‘yinchidan paparatstsidan yashirinishga va uni uyiga olib borishga yordamlashishni so‘raydi. U anoreksiyadan aziyat chekkani va "qishloq shevasi"ga qarshi kurashish uchun millionlab dollarlar sarflaganini aytib beradi. Da'vo arizasida personaj Loxanga taqlid qilishi va Hollivuddagi aynan Lindsi borgan mehmonxonalarga borishi aytilgan.
Mavzuga oid
12:02 / 24.05.2025
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:53 / 22.05.2025
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi
09:31 / 21.05.2025