Jahon | 12:19 / 24.08.2016
11498
1 daqiqa o‘qiladi
Pentagon: Rossiya NATOni beqarorlashtirishni xohlamoqda
Rossiya NATO birligiga putur yetkazishni xohlamoqda, deya bayonot bergan AQSh Qurolli kuchlari shtablari rahbarlari qo‘mitasining boshlig‘i general Jozef Danford. Bu haqda, RIA «Novosti» agentligi xabar qilmoqda.
Pentagon matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, Danford Milliy mudofaa Universiteti talabalari bilan uchrashuvda «Rossiyaning Qrimdagi faoliyati, shuningdek, Gruziya va Moldaviya hukumatlariga nisbatan tahdidi va Suriyaga berayotgan yordami yuzasidan xavotirini bildirgan».
«Rossiya u (NATO)ni zaiflashtirmoqchi», — degan Danford, Rossiya, XXR, Eron, KXDR va xalqaro ekstremizm AQSh uchun eng asosiy xavf-xatar manbalari ekanini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
09:10
Rossiya armiyasi Vuhledarni qo‘lga kiritgan bo‘lishi mumkin
08:50
Rossiyada sudlanuvchilarning 40 foizini TIZOdan urushga olib ketish rejalashtirilyapti
21:22 / 01.10.2024
Alisher Usmonov Germaniya sudida yana bir bor yutib chiqdi
20:32 / 01.10.2024